IQTISODIYOT VА PEDАGOGIKА UNIVERSITETI

KENGАSHI TOGRISIDА NIZOM

         O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2011 yil 3-dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasasining Ilmiy Kengashi to‘g‘risidagi na’munaviy nizom” asosida ishlab chiqilgan mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1997 yil 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘grisida”gi (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlari, “Oliy taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

I. Umumiy qoidalar

 

         1. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti (keyingi o‘rinlarda-universitet) faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida universitet kengashi (keyingi o‘rinlarda-kengash) tashkil etiladi.

         2. Kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Kengashning boshqa aʼzolari fakultetlarning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yoli bilan saylanadi. Professor-oqituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi aʼzolarning soni rektorning buyrugi bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga universitetda muayyan yonalish muammolari boyicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin. Kengash vakolat muddati – 5 yil.         

         3. Kengash tarkibi universitet rektorining buyrugi bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, turli sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi aʼzolar saylanadi yoki nizom bo‘yicha kiritiladi.

 

II. Kengashning maqsad va vazifalari

 

         4. Kengashning maqsadi–universitet jamoasi sa’y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash, oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

 

 

         5. Universitet Kengashi:

– kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat taʼlim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

– fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

– ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

– universitet rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik taʼminot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

– fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

– “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-oʼqituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

– jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchisi (kafedra mudiri) lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkaziladigan kengash yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakilining ishtirokida o‘tkazadi;

– professor, dotsent ilmiy unvonini olish uchun nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

– universitet bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini taʼminlash va kompyuter texnologiyalari, internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;

– taʼlim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion taʼlim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

– iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “El yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy oliy taʼlim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;

– “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

– asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

– xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

– universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi. 

 

III. Kengash faoliyatini tashkil etish

 

         6. Kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan korib chiqilganidan song universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

         7. Universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlariga doir barcha masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi aʼzolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tadigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

         8. Kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

         9. Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomalar Kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.

         10. Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Kengash aʼzolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.

 

 

Ushbu Nizom Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Kengashining 2022 yil 29-oktyabrdagi 1-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va maʼqullangan.