AJDODLAR MEROSI KELAJAK YOSHLAR MISOLIDA
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi 123-guruh talabalari, guruh rahbari M.Tosheva boshchiligida Qarshi shahar 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ajdodlar merosi kelajak yoshlar misolida" nomli tadbir tashkil etildi.
Ajdodlar merosi bugungi kunda yoshlar ma'naviyatini yuksaltiruvchi va har tomonlama rivojlantiruvchi ulkan kuchdir.
Tadbirda talaba-yoshlar tomonidan buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqidagi "Issiq non" va "Boburni yod etib" sahna ko'rinishlari, maktab o'quvchilari tomonidan go'zal g'azal, ruboyilar, kuy va qo'shiqlar namoyish etildi.
Tadbir so'ngida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar hamda maktab o'quvchilarga Iqtisodiyot va pedagogika universiteti "Umummetodoligik fanlar" kafedrasi mudiri O.Abdullayev tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
Ushbu tadbir, ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi.