Yevropa ittifoqining "Erasmus+" loyihasi doirasida universitetimizga Bolgariyaning Varna Iqtisodiyot universiteti vakili Evgeni Raychev tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitetimiz rektori O.N.Bozorov, prorektor J.Farmonov, va professor o‘qituvchilar, xalqaro hamkorlik bo‘lim boshlig'i Sh.Abdurahimov, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘lim boshlig'i O.Xomidjonov, hamda talabalar ishtirok etishdi.

Suxbat davomida Bolgariya tarixi va qadimiy yodgorliklari, Varna iqtisodiyot universitetida ta'lim olish afzalliklari, hamda dars jarayonlarini maqbul olib borish usullari haqida gaplashildi.